1

Bosh vazir Abdulla Aripov o`zbekistonlik sportchilarni Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o`yinlariga kuzatib qo`ydi

Sport 21.09.2023, 12:30
Bosh vazir Abdulla Aripov o`zbekistonlik sportchilarni Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o`yinlariga kuzatib qo`ydi

Bugun, 21 sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida o`zbekistonlik sportchilarni Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o`yinlariga kuzatish marosimi bo`lib o`tdi. O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov mazkur tadbirda qatnashib, sportchilarimizga Osiyo o`yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishlarida ulkan zafarlar tiladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Matbuot kotibi xabar berdi.

Ma`lumot uchun: Xitoyning Xanchjou shahrida joriy yilning 23 sentyabr – 8 oktyabr kunlari XIX Osiyo va 22-28 oktyabr kunlari IV Paraosiyo o`yinlari bo`lib o`tadi.

Unda qit`amizning 45 davlatidan keladigan 11 ming nafardan ziyod sportchi 59 ta olimpiya va noolimpiya sport turi bo`yicha g`oliblik uchun bahs olib boradi. 350 nafardan ortiq tarkibdagi mamlakatimiz sportchilari 32 ta olimpiya va 6 ta noolimpiya sport turidan ishtirok etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1