Rossiya hukumati benzin va dizel yoqilg`isi eksportiga cheklov joriy qildi

Dunyo 21.09.2023, 21:16
Rossiya hukumati benzin va dizel yoqilg`isi eksportiga cheklov joriy qildi

Rossiya hukumati ichki bozorda yoqilg`i narxini barqarorlashtirish maqsadida avtomobil benzini va dizel yoqilg`isi eksportiga vaqtinchalik cheklovlar kiritdi.

Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, tegishli qarorni bosh vazir Mixail Mishustin imzolagan.

"Vaqtinchalik cheklovlar yoqilg`i bozorini to`ldirishga yordam beradi, bu esa o`z navbatida iste`molchilar uchun narxlarni pasaytiradi. Ilgari yoqilg`i bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun hukumat birjaga avtobenzin va dizel yoqilg`isi etkazib berish standartlarini oshirdi. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilari ehtiyojlari uchun yoqilg`i xarid qilish hajmini tezkorlik bilan tartibga solish orqali monitoring ham tashkil etildi”, - deyiladi xabarda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1