1

Xanchjou-2022: O`zbekiston terma jamoasi 4 ta medalni qo`lga kiritdi

Sport 24.09.2023, 10:17
Xanchjou-2022: O`zbekiston terma jamoasi 4 ta medalni qo`lga kiritdi

O`zbekiston delegasiyasi XIX yozgi Osiyo o`yinlarida dastlabki medalini qo`lga kiritdi. “Pochin” akademik eshkak eshish bo`yicha ayollar o`rtasida engil vazn toifasidagi juftlik dasturida ishtirok etgan Luizaxon Islomova hamda Malika Tagmatova hisobiga yozildi.

Ikkinchi medal. Akademik eshkak eshish bo`yicha erkaklar o`rtasida engil vaznli sportchilar bahsida Shahzod Nurmatov hamda Sobirjon Safaraliev bronza medaliga sazovor bo`ldi. Oltin va kumush medallari esa Xitoy hamda Hindiston jamoalariga nasib etdi. Eslatib o`tamiz, biroz avval mazkur dasturda ayollar o`rtasida kechgan “A” finalida Luizaxon Islomova hamda Malika Tagmatova kumush medal egasiga aylanishgan edi. 

medal. Akademik eshkak eshish bahslarida ishtirok etayotgan sportchilarimiz har bir startda shohsupaga ko`tarilishmoqda. Bu gal M2x dasturida ishtirok etgan Shahboz Xolmirzaev hamda Mehrojbek Mamatqulov juftligi kumush medalini qo`lga kiritdi. Mazkur startda oltin medal Xitoy, bronza medali esa Indoneziyaga nasib etdi.

To`rtinchi medal. M2- dasturida qatnashgan akademik eshkak eshuvchilarimiz Shehroz Hakimov hamda Dilshodjon Xudoyberdiev marra chizig`ini ikkinchi bo`lib kesib o`tishdi. Ushbu dasturda oltin medal Gonkong, bronza medali Hindiston jamoalariga nasib etdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1