Rossiyada benzin va dizel arzonlashmoqda

Dunyo 25.09.2023, 21:39
Rossiyada benzin va dizel arzonlashmoqda

Rossiyaning Evropa qismida benzin va dizel yoqilg`isining bozor narxi o`tgan haftada eksportga cheklovlar kiritilganidan keyin pasayishda davom etmoqda. Bu Sankt-Peterburg xalqaro tovar va xom ashyo birjasi ma`lumotlarida o`z aksini topgan.

AI-92 benzinining narxi 0,85 foizga pasayib, tonnasi 55 451 ming rublni tashkil qildi. Dizel - 0,95% ga, tonnasi 60,847 ming rublgacha,  AI-95 benzini 2,11 foizga arzonlashib, tonnasi  58,11 ming rublni tashkil qildi. 

21 sentyabrdan boshlab Rossiya hukumati ichki bozorni barqarorlashtirish maqsadida ushbu yoqilg`i turlari eksportiga vaqtinchalik cheklov joriy qilgan edi. Energetika vazirligi rahbarining birinchi o`rinbosari Pavel Sorokinning aniqlik kiritishicha, taqiq hozircha cheksiz muddatga kiritilgan, uning muddati bozorning to`yinganligi va ushbu chora natijalariga bog`liq. Shundan so`ng, benzin aksiyalari narxi 10-11 foizga, dizel yoqilg`isi esa deyarli 15 foizga arzonlashdi, deb yozadi “TASS”.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1