1

"Hurmatni saqlagan holda bunday ishlarni to`xtatishingizni so`rayman"

Sport 26.09.2023, 14:47
"Hurmatni saqlagan holda bunday ishlarni to`xtatishingizni so`rayman"

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar  "Navbahor"ga qarshi o`yindan so`ng  klub rahbariyatidan jamoa bosh murabbiyi Xorxe Jezusni ishdan bo`shatishni talab qilgani haqdi xabarlar tarqaldi.

Manbaga ko`ra, mojaro braziliyalik futbolchi uchun "Navbahor" bilan muvaffaqiyasiz o`yindan so`ng yuzaga kelgan va bu o`yinda Neymar raqib futbolchisini turtib yuborgan va u yiqilganidan keyin to`p bilan zarba bergan. Keyin esa jamoaning kiyinish xonasida Jezus braziliyalikni xatti-harakati uchun tanqid qilgan. Hujumchiga bu yoqmagan va u Saudiya klubi bosh murabbiyini rahbariyatdan iste`foga chiqarishni talab qilgan.

Biroq futbolchining o`zi buni rad etdi. 

"Yolg`on... Siz bunday xabarlarga ishonishni bas qilishingiz kerak...

Millionlab obunachilarga ega bo`la turib, feyk xabarlarni tarqatishni bas qiling! Hurmatni saqlagan holda bunday ishlarni to`xtatishingizni so`rayman. Bu hurmatsizlik", - deya yozadi Neymar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Avvalroq "Al-Hilol" klubi murabbiyi Namanganning "Navbahor" klubini tanqid qilganligi haqida xabar bergan edik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1