AsosiyJamiyat

Toshkentda 2 ta yuk mashinasi Cobalt bilan to`qnashdi (video)

'Toshkentda 2 ta yuk mashinasi Cobalt bilan to`qnashdi (video)'ning rasmi

Bugun, 26 sentyabr kuni soat 01:00 atrofida Sergeli tumani Xonobod ko`chasi 12 bekat qarshisida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.

Aniqlanishicha, ushbu YTHda 2002 yilda tug`ilgan S.B. boshqaruvida bo`lgan MAN rusumli yuk mashinasi, 2001 yilda tug`ilgan D.Sh. boshqaruvida bo`lgan Cobalt hamda 1957 yilda tug`ilgan Sh.F. boshqaruvida bo`lgan Howo rusumli yuk mashinalari ishtirokida yuz bergan.

Mazkur YTH natijasida MAN hamda Howo rusumli yuk mashinasi haydovchilari tan jarohat olgan va shifokorlar tomonidan birinchi yordam ko`rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar