AsosiyDunyo
1643

Qorabog` harbiylari Ozarbayjonga texnika va qurollarini topshirmoqda (video)

'Qorabog` harbiylari Ozarbayjonga texnika va qurollarini topshirmoqda (video)'ning rasmi

Qorabog`dagi harbiy tuzilmalar o`t ochishni to`xtatish haqidagi kelishuv doirasida qurol-yarog` va harbiy texnikalarini topshirmoqda. Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi ma`lum qildi. 

“25 sentyabr holatiga ko`ra, ular sakkizta zirhli texnika, 37 ta dala artilleriyasi, bir nechta raketa va minomyotlar, 3 200 dan ortiq o`qotar qurollar, tankka qarshi qurollar va havo hujumidan mudofaa tizimlari, shuningdek, 435 mingga yaqin o`q-dorilarni topshirdi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, qo`lga olingan artilleriya qurollari, turli maqsadlardagi harbiy texnika, qo`l granatalari va boshqa o`q-dorilar Kelbajar tumanidagi yig`ish punktiga olib ketilgan.

Armaniston armiyasining qurolsizlangan askarlariga Qorabog` hududini ikkita yo`lak orqali tark etish ta`minlandi, deb xabar bermoqda Ozarbayjon IIV.

Ular Lochin — Xonkandi va Kelbajar — Basarkechar yo`nalishlarida shaxsiy transport va avtobuslarda chiqib ketishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar