1

Jaloliddin Masharipov Gresiya klubiga o`tadi

Sport 28.09.2023, 15:41
Jaloliddin Masharipov Gresiya klubiga o`tadi

O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi Jaloliddin Masharipov Gresiyaning "Panserraikos" klubi shartnoma imzoladi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

O`zbekistonlik yarim himoyachi klub bilan bir yillik shartnoma imzolagan. Masharipov 10-raqam ostida to`p suradi.

“Panserraykos” Gresiyaning tarixiy jamoalaridan biri bo`lib, 1964 yilda tashkil topgan. Klub Gresiya Superligasining joriy mavsumida 6 ochko bilan jadvalda 8-o`rinni egallab turibdi (14 jamoa orasida).

Jaloliddin Masharipov 2021-2023 yillarda Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubida to`p surdi. Avgust oyida uni erkin agent sifatida tark etdi.

Masharipov faoliyati davomida “An-Nasr”dan tashqari “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Shabob al-Ahli” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

Futbolchi O`zbekiston terma jamoasi safida 2016 yildan buyon 52 ta o`yin o`tkazib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1