1

Xanchjou – 2022: O`zbekiston Indoneziyani mag`lub etib, chorak finalga yo`l oldi

Sport 28.09.2023, 17:16
Xanchjou – 2022: O`zbekiston Indoneziyani mag`lub etib, chorak finalga yo`l oldi

Bugun, futbol bo`yicha Osiyo o`yinlari doirasida O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi Indoneziyaga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning asosiy bo`limlarida jamoalar 0:0 hisobidagi durang qayd etishdi. G`olib nomi aniqlanmagach, jamoalar qo`shimcha bo`limlarga yo`l oldi.

Ekstra taymlarning boshida o`zbekistonliklar hisobni ochdi. 92-daqiqada Sherzod Esanov Jasur Jaloliddinovning burchakdan oshirgan to`pini darvozaga joylab qo`ydi.

113-daqiqada esa raqib futbolchisi Hugo Samir qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Indoneziya uchrashuvni bir kishi kam bo`lib yakunlaydigan bo`ldi.

121-daqiqada Esanov dublni rasmiylashtirdi va uchrashuvga nuqta qo`ydi. Shu tariqa, O`zbekiston U-23 terma jamoasi g`alaba qozonib, chorak finalga yo`l oldi.

Timur Kapadze shogirdlari 1/4 final bosqichida Hindiston– Saudiya Arabistoni juftligi g`olibi bilan bahs olib boradi.

Osiyo o`yinlari
O`zbekiston – Indoneziya 2:0
Gol: 1:0 — 92 Esanov, 2:0 — 121 Esanov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1