Ozarbayjonlik deputat Ganira Pashaeva vafot etdi

Dunyo 28.09.2023, 22:15
Ozarbayjonlik deputat Ganira Pashaeva vafot etdi

Ozarbayjon Milliy Majlis Madaniyat qo`mitasi raisi, deputat bugun o`zi davolanayotgan Markaziy klinik shifoxonaning jonlantirish bo`limida olamdan o`tdi.

Bu haqda deputatning oila a`zolari “Report” ga bergan bayonotida ma`lum qilishdi.

Kelib chiqishi noma`lum bo`lgan gipotonik xastalik tashxisi qo`yilgan Ganira Pashaeva og`ir ahvoli tufayli Markaziy klinik shifoxona tibbiyot xodimlari va Turkiyadan kelgan tibbiyot mutaxassislari tomonidan ko`rilgan barcha choralarga qaramay, hayotdan ko`z yumdi.

Deputat 23 sentyabrdan boshlab sog`lig`idagi jiddiy muammolar tufayli Markaziy klinik shifoxonaning jonlantirish bo`limiga yotqizilgan edi.

Ma`lumot o`rnida, Pashaeva Ganira Alasgar 1975 yilda tug`ilgan. Ozarbayjon davlat tibbiyot universitetining pediatriya fakultetini va Boku davlat universitetining xalqaro huquq fakultetini tamomlagan. 1998 yildan ANS telekompaniyasida muxbir, muharrir, etakchi muharrir, bosh muharrir, bosh muharrir o`rinbosari, yangiliklar bo`limi bosh muharriri o`rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan. Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisining 3, 4, 5 va 6-chaqiriqlari deputati bo`lgan. Ayni paytda Milliy Majlisning Madaniyat qo`mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1