AsosiyJamiyat
2742

Shveysariya Gulnora Karimovaga oid 5 yillik tergov yakunlandi. Ish sudga oshirildi

'Shveysariya Gulnora Karimovaga oid 5 yillik tergov yakunlandi. Ish sudga oshirildi'ning rasmi

Shveysariya prokuraturasi 28 sentyabr kuni Gulnora Karimovaga oid 5 yillik tergovni yakunlagani ma`lum bo`ldi.

Tergov yakuniga ko`ra, 28 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo`yicha Federal sudga O`zbekiston sobiq prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova va Rossiya telekommunikasiya kompaniyasi o`zbek filialining sobiq direktoriga nisbatan ayblov xulosasini topshirildi. Kompaniya nomi va rahbarining ismi-sharifi ochiqlanmagan.

Gulnora Karimova sherigi bilan jinoiy tashkilot faoliyatida ishtirok etish, pul yuvish, chet davlat mansabdor shaxsi sifatida pora olish, hujjatlarni qalbakilashtirish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda. Shuningdek, Gulnora Karimovaga aloqador hamda muzlatib qo`yilgan 440 million frankdan ortiq (5,8 trillion so`m) bo`lgan aktivlarini musodara qilish bo`yicha ham talabnoma kiritgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar