AsosiyDunyo
4269

Ilon Mask migrantga aylandi

'Ilon Mask migrantga aylandi'ning rasmi

Ilon Mask Meksika bilan chegaraga Lotin Amerikasidan noqonuniy muhojirlar oqimini yozib olish va tomoshabinlariga ko`rsatish uchun keldi. Tadbirkor Texasning Eagle Pass shahrida to`xtadi va u erda o`z translyasiyasini boshladi, deya yozmoqda Zamon.uz. 

Tadbirkor kovboy shlyapasini kiyib, mobil telefoni orqali jonli efirga chiqdi. Bu joyda immigrant ekani va shuning uchun "immigrasiya tarafdori" pozisiyasini egallaganini e`lon qildi.

Milliarderning so`zlariga ko`ra, Qo`shma Shtatlar qonuniy immigrasiya tizimini kengaytirishi va unga foydali bo`lishi mumkin bo`lgan har bir kishining mamlakatga kirishiga ruxsat berishi kerak. Maskning qo`shimcha qilishicha, shtatlarda qonunni buzganlarga toqat qilib bo`lmaydi.

Tadbirkor chegaraning AQSh tomonidagi ko`prik ostiga tushib, chegara rasmiylari tomonidan ko`rib chiqilishini kutayotgan bir necha o`nlab muhojirlarni videoga oldi. Shundan so`ng milliarder noqonuniy muhojirlar oqimini tezroq to`xtatilmasa mamlakat ijtimoiy ta`minot tizimi barbod bo`lishi mumkinligini aytdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar