1

Samarqandda 10 yoshli jiyaniga 1,5 yil davomida uyatsiz xatti-harakatlar qilib kelgan 45 yoshli erkak qamaldi

Jinoyat 30.09.2023, 11:50
Samarqandda 10 yoshli jiyaniga 1,5 yil davomida uyatsiz xatti-harakatlar qilib kelgan 45 yoshli erkak qamaldi

Bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda 45 yoshli erkak salkam 1,5 yil davomida 10 yoshli jiyaniga uyatsiz hatti-harakatlar qilib yurgani xabari tarqalgan edi.

2023 yil 28 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo`yicha Jomboy tuman sudida T. N. (1978 yilda Jizzax viloyatida tug`ilgan, ishsiz, oilali, muqaddam sudlanmagan) ga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e`lon qilindi. Bu haqda Samarqand viloyati sudi xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Jomboy tuman sudining raisi A. Abdurazzakov raisligida Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko`rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko`rib chiqildi.

E`lon qilingan sud hukmiga muvofiq T. N. Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib g`ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Samarqand viloyat sudining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma`lum qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1