Qozog`istonda samolyot halokatga uchradi, qurbonlar bor

Dunyo 30.09.2023, 13:41
Qozog`istonda samolyot halokatga uchradi, qurbonlar bor

Bugun, 30 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:44da UPLA286 samolyoti Qozog`istonning Qarag`anda viloyati yaqinida halokatga uchradi. Natijada ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda respublika Transport vazirligi fuqaro aviasiyasi qo`mitasi xabar berdi.

Bortda o`quv parvozi amalga oshirilayotgan bo`lgan. Departament ma`lumotlariga ko`ra, Balapan uchastkasida havoga ko`tarilganidan so`ng, samolyot aloqaga chiqmagan, keyin "vayron qilingan samolyot va ikkita o`lik" topilgan.

Keyinroq qo`mita xabarida aniqlik kiritilishicha, qulash Qarag`anda viloyatining Doskey qishlog`idan 5 km uzoqlikda sodir bo`lgan. Transport vazirligi tergovni boshladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1