"Turk havo yo`llari"ning THY-371 yo`nalishi bo`yicha Toshkent-Istanbul reysi texnik sabablarga ko`ra bir necha soatga kechiktirildi. Bu haqda UZBEKISTAN AIRPORTS xabar berdi.
Natijada aviatashuvchi reysni bekor qilishga qaror qildi. Jadvalga ko`ra, bortida 265 nafar yo`lovchi bo`lgan A-333 samolyoti Toshkent vaqti bilan 02:35 da havoga ko`tarilishi kerak edi.
Biroq samolyotda texnik nosozlik aniqlangani sababli parvoz kechiktirildi, yo`lovchilar kutish zaliga joylashtirildi va issiq ovqat bilan ta`minlandi. Ertalab aviakompaniya ushbu reysni bekor qilishga va yo`lovchilarni boshqa reyslarda Istanbulga tashishga qaror qildi. Yo`lovchilarga ovqatlanish va mehmonxonada joylashish ham taklif qilingan.






