Pfizer va Moderna vaksinalarini yaratgan olimlarga Nobel mukofoti topshirildi

Dunyo 02.10.2023, 18:41
Pfizer va Moderna vaksinalarini yaratgan olimlarga Nobel mukofoti topshirildi

2023 yil uchun fiziologiya yoki tibbiyot bo`yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e`lon qilindi. Bu haqda Stokgolmdagi Karolinska instituti Nobel qo`mitasining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog`idagi rasmiy akkauntida xabar berilgan.

Mukofotlar vengriyalik Katalin Kariko va amerikalik Dryu Vaysmanga topshirildi. Olimlar nuklein kislotalarni modifikasiyalash sohasidagi kashfiyotlar asosida COVID-19 ga qarshi mRNK vaksinalarini tadqiq qilish va ishlab chiqish uchun mukofotga sazovor bo`ldi. 

O`z hisobotida mualliflar texnologiya "2020 yil boshida boshlangan pandemiya davrida juda muhim bo`lganini" ta`kidlaydilar. Shuningdek, ular mukofotlangan mutaxassislarning innovasion kashfiyotlari mRNKning inson immun tizimi bilan o`zaro ta`siri haqidagi mavjud g`oyalarni o`zgartirganini qo`shimcha qilishdi. mRNK platformasiga asoslangan mashhur vaksinalarga Pfizer va Moderna kiradi.

Mukofot miqdori 11 million shved kronasini (taxminan million dollar) tashkil qiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1