Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari e`lon qilindi

Jamiyat 03.10.2023, 10:16
Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari e`lon qilindi

Ma`lumki, 2023 yil 26–30 sentyabr kunlari 2023/2024-o`quv yili uchun professional ta`lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari o`tkazildi.

Bunda talabgorlarning test sinovida to`plagan ballari test sinovi o`tkazilgan kunning ertasigayoq my.uzbmb.uz saytida e`lon qilib borildi.

Professional ta`lim muassasalariga kirish test sinovlari bo`yicha yakuniy tanlov natijalari e`lon qilindi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirigi matbuot xizmati xabar qildi.

Talabgorlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Eslatma: test sinovi natijasidan norozi bo`lgan abiturientlar ikki kun davomida (3-4 oktyabr kunlari) professional ta`lim muassasasida tashkil etilgan apellasiya komissiyasiga apellasiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1