1

O`zbekistondan Rossiyaga olib borilgan uzum va pomidorlar tarkibida zararli moddalar aniqlandi

Iqtisodiyot 03.10.2023, 13:56
O`zbekistondan Rossiyaga olib borilgan uzum va pomidorlar tarkibida zararli moddalar aniqlandi

O`zbekistondan Rossiyaning Orenburg shahriga olib borilgan pomidor va uzum partiyalari tarkibidan zararli moddalar aniqlangani sababli to`xtatib qolindi. Bu haqda Prooren.ru xabar berdi.

Xabarda aytiltshicha, 2023 yilning 28 sentyabr kuni ”Uralkomplekt“ vaqtinchalik saqlash omborxonasida saqlangan 15,88 tonna uzum tekshiruvdan o`tkazilganida uning tarkibidan Evroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi hududida taqiqlangan zararkunanda organizm aniqlangan.

Shuningdek, 16, 4 tonna pomidor tekshirilganda esa uning tarkibidan Janubiy Amerika pomidor kuyasi (Tuta absoluta (Meyrick)) aniqlangan.

Mahsulotlar tarkibida zararli moddalar borligi «Don sifatini baholash markazi» Federal davlat byudjet muassasasining Orenburg filiali mutaxassislari tomonidan o`tkazilgan laboratoriya tekshiruvi davomida aniqlangan.

Shundan so`ng pomidor va uzum partiyalarini Orenburgga olib kirish taqiqlangan. Aybdorlar esa ma`muriy javobgarlikka tortilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1