1

Navoiy IESda quvvati 650 MVt bo`lgan yangi bug`-gaz qurilmasi bunyod etiladi

Iqtisodiyot 05.10.2023, 21:59
Navoiy IESda quvvati 650 MVt bo`lgan yangi bug`-gaz qurilmasi bunyod etiladi

“Navoiy IESda quvvati 650 MVt bo`lgan uchinchi bug`-gaz qurilmasini qurish” investisiya loyihasi doirasida “Navoiy IES” AJ va “Mitsubishi Power Ltd.” (Yaponiya) kompaniyasi o`rtasida ushbu energoqurilmani qurish bo`yicha shartnoma imzolandi.

Investisiya loyihasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 dekabrda imzolangan “O`zbekiston Respublikasining 2023 – 2025 yillarga mo`ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-459-sonli qarorida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shartnoma shartlariga ko`ra, “Mitsubishi Power Ltd.” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Karmana tumanida joylashgan “Navoiy IES” AJda quvvati 650 MVt bo`lgan zamonaviy va energosamarador bug`-gaz qurilmasini qurish ishlari olib boriladi.

Loyihani amalga oshirish muddati 2023 – 2026-yillar etib belgilangan. Investisiya loyihasi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.

Loyiha ro`yobi natijasida respublika energetika tizimida yiliga 4,8 mlrd kVt⋅soat qo`shimcha elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Unda zamonaviy hamda energosamarador qurilmalar joriy etilishi pirovardida yiliga 1 mlrd kub metr tabiiy gazni tejashi barobarida, 347 ta yangi ish o`rni yaratilishini ham ta`minlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1