1

MDH davlatlari soliq xizmatlari global Big Data texnologiyalaridan foydalanish bo`yicha tajriba almashdi

Iqtisodiyot 09.10.2023, 09:22
MDH davlatlari soliq xizmatlari global Big Data texnologiyalaridan foydalanish bo`yicha tajriba almashdi

Soliq qo`mitasi rahbariyati Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan MDHga a`zo davlatlarning Soliq xizmatlari rahbarlari Muvofiqlashtiruvchi kengashining XXX yig`ilishida ilk bor to`laqonli ishtirokchi sifatida onlayn formatda ishtirok etdi. Bu haqda qo`mita matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lumot uchun: o`tgan yili Belarusda qo`mita raisi Sherzod Kudbiev faxriy mehmon sifatida ishtirok etgan. 

Kun tartibidagi asosiy mavzular – texnologik (raqamli) echimlardan foydalanish, soliq ma`muriyatchiligi samaradorligini oshirish va inson resurslarini rivojlantirish uchun katta hajmdagi ma`lumotlarni tahlil qilish usullari.

Soliq qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari M.Mirzaev o`z nutqi davomida O`zbekiston soliq organlarining axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirishning strategik yo`nalishlari quyidagilardan iborat ekanligini ta`kidladi:

▫️Ma`lumotlarni qayta ishlash markazi infratuzilmasini yangilash,

▫️kommunikasiya tuzilmalari va axborot xavfsizligi tizimlarini modernizasiya qilish;

▫️soliq ma`muriyati axborot tizimlarining yagona platformasini yaratish;

▫️jarayonlarni avtomatlashtirishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish,

▫️soliq to`lovchilarga real vaqt rejimida ko`rsatilayotgan xizmatlarni kengaytirish.

Ta`kidlanganidek, soliq ma`muriyatchiligiga raqamli echimlarni joriy etish orqali soliq to`lovchilarning soliq majburiyatlarini bajarishdagi yuklamasini kamaytirish, soliq organlari faoliyatida tezkorlik va shaffoflikka erishish mumkin.

Jahon banki O`zbekistonda soliq ma`muriyatchiligining IT tizimlarini ijobiy baholadi.

Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog`iston, Qirg`iziston, Rossiya, Tojikiston va O`zbekiston mutaxassislari ma`lumotlarni qayta ishlashning intellektual tizimlarini, xususan, neyron tarmoqlar asosida sun`iy intellektdan foydalanish va joriy etish bo`yicha tajriba almashdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1