Qozog`istonning Aqto`be viloyatida codir bo`lgan YTHda 31 yoshli O`zbekiston fuqarosi halok bo`ldi. Bu haqda Qozog`iston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, kecha, 29 oktyabr kuni Aqto`be viloyati hududidan o`tgan Samara-Chimkent avtomobil yo`lining 606-kilometrida 34 yoshli tojikistonlik haydovchi boshqaruvidagi Kia Rio mashinasini 31 yoshli O`zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi Captiva bilan urilgan.
Hodisa oqibatida ikkala haydovchi va bir yo`lovchi voqea joyida halok bo`lgan. Shuningdek, avtomashinaning ikki nafar yo`lovchisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qozog`iston Jinoyat kodeksining 345-moddasi (avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxs tomonidan yo`l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish, ehtiyosizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq shaxsning o`limiga sabab bo`lishi) 4-qismi bilan tergovga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda.






