1

Shavkat Mirziyoev IHT sammitida ham Falastin va Afg`onistonni unutmadi

Siyosat 09.11.2023, 12:43
Shavkat Mirziyoev IHT sammitida ham Falastin va Afg`onistonni unutmadi

Shavkat Mirziyoev IHT sammitidagi nutqida global tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid solayotgan Yaqin Sharqdagi Falastin-Isroil urushi haqida ham gapirdi. 

"Ming afsuski, bu qonli nizo oqibatida avvalo, tinch aholi vakillari, ayniqsa, ayollar, bolalar va keksalar ko`plab qurbon bo`lmoqda. Urushning mintaqa bo`ylab yoyilib ketish xavfi tobora real tus olmoqda",–dedi davlatimiz rahbari.

O`zbekiston Prezidenti tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to`xtatishga, tinch muzokaralarni boshlash, oqilona murosaga kelishga chaqirdi.

Falastin xalqi Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyusiyalari bilan tasdiqlangan huquqqa, ya`ni, o`zining mustaqil davlatini barpo etish huquqiga ega, degan qat`iy pozisiyamizni yana bir bor bildirdi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoev sammit ishtirokchilari diqqatini Tashkilot a`zolaridan biri bo`lgan Afg`oniston ishtirokisiz o`tayotganiga qaratdi.

"Asrlar davomida bizga yon qo`shni bo`lgan ko`pmillatli Afg`oniston xalqini bugungi murakkab muammolari qarshisida yolg`iz qoldirib bo`lmaydi. Ushbu mamlakatni mintaqaviy integrasiya jarayonlariga faol jalb etish barqaror taraqqiyotimizning ajralmas va zaruriy shartidir.

Barchangizni afg`on xalqiga gumanitar yordam ko`rsatishni ko`paytirishga, ushbu mamlakatdagi o`tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni jamoaviy mas`uliyat va maqbul mexanizmlar asosida hal etishga chaqiraman",–dedi Shavkat Mirziyov.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1