1

 O`zbekiston Elchisi Nodir G`aniev Shvesiya Qiroliga ishonch yorliqlari topshirdi

Siyosat 10.11.2023, 10:56
 O`zbekiston Elchisi Nodir G`aniev Shvesiya Qiroliga ishonch yorliqlari topshirdi

Kecha, 9 noyabr kuni Stokgolm shahrida O`zbekiston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nodir G`anievning Shvesiya Qiroliga ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo`lib o`tdi.

Rasmiy tadbir doirasida elchining Shvesiya  Qiroli bilan suhbati bo`lib o`tdi. Unda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilindi.

Muloqot yakunida Shvesiya Qiroli elchini lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va uning mas`uliyatli faoliyati O`zbekiston-Shvesiya ko`p tomonlama munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Eslatib o`tamiz, Nodir G`aniev 2022 yildan buyon O`zbekistonning yangi elchixonasini Muvaqqat ishlar vakili sifatida boshqarib kelayotgan edi. 2023 yil oktyabr oyida esa u Favqulodda va Muxtor Elchi etib tayinlandi. Diplomat 52 yoshda. U Toshkent davlat universiteti (hozirgi O`zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1994 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparat va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.

Shvesiyaga jo`nab ketishidan oldin TIVning Evropa davlatlari va Evropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyat olib borgan.

O`zbekistoning Stokgolmdagi diplomatik vakolatxonasi xorijiy davlatlardagi 36-elchixonasi bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1