AsosiyJamiyat
9541

Toshkentda Mercedes Gelandewagen YTHga uchradi

'Toshkentda Mercedes Gelandewagen YTHga uchradi'ning rasmi

Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko`chasida Mercedes Gelandewagen rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan 38 yoshli M.A. boshqaruvni yo`qotib, temir yoritgichga to`qnashib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati boshlig`i Isaxanova Nilufar ma`lum qildi.

M.A.ning so`zlariga ko`ra, mazkur YTHga o`zi bilan bir yo`nalishda harakatlanayotgan Nexia-3 manyovr qilib, yo`nalishni keskin chapga o`zgartirgani sabab bo`lgan. 

Shundan so`ng M.A. xavfni aylanib o`tmoqchi bo`lib avtomashina boshqaruvini yo`qotgan va temir yoritgich ustuniga borib urilgan.

YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo`q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar