AsosiyJamiyat
2609

O`zbekistonga sovuq oqim kirib kelmoqda — "O`zgidromet"

'O`zbekistonga sovuq oqim kirib kelmoqda — "O`zgidromet"'ning rasmi

"O`zgidromet" joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Ma`lum qilinishicha, 27-28 noyabr kunlari O`zbekiston hududining katta qismida quruq va juda iliq bo`lgan ob-havo saqlanib turadi, havo harorati 20-25 darajagacha iliq bo`ladi. 28 noyabrda faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Shimolda va cho`lhududlardaba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

29 noyabrda shimol-g`arbiy hududlaridan nam havo oqimi kirib kelishi va respublika hududining katta qismida tarqalishi kutilmoqda. Respublika hududi bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, shamol kuchayadi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi.

30 noyabrda yomg`ir faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`adi, boshqa hududlar uchun yog`ingarchilik kutilmaydi.

1 dekabrda butun hudud bo`ylab quruq ob-havo kuzatiladi.

29 noyabrdan havo harorati pasayishni boshlaydi va ish xaftasining ikkinchi yarmida kechasi  2-7 daraja iliq,  kunduzi 10-15 daraja iliq, Respublika shimol  hududida kechasi 0-5 daraja sovuq,  kunduzi 5-10 daraja iliqni tashkil etadi .

Poytaxtda: bugun va ertaga yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat kundizi 21-24 daraja bo`ladi.

29 noyabrda vaqti- vaqtibilanyomg`ir yog`adi. Harorat 15-17 daraja iliq bo`ladi.

30 noyabr va 1 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 2-7 daraja iliqgacha, kunduzi 10-15 daraja iliqgacha pasayadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar