AsosiyDunyo
2233

Grin-karta orqali viza olish bo`yicha O`zbekiston dunyoda 7-o`rinni egalladi

'Grin-karta orqali viza olish bo`yicha O`zbekiston dunyoda 7-o`rinni egalladi'ning rasmi

Toshkentdagi AQSh elchixonasi DV-2023 (Grin-Kard) dastur yili davomida immigrasion vizalarni taqdim etish bo`yicha dunyo bo`ylab 7-o`rinni egalladi. Bu haqda Elchixona rasmiy kanalida xabar qilindi. 

"AQShda mehnat faoliyatini olib borish, yashash va ta`lim olish uchun ko`plab usullar mavjud. Qonuniy va xavfsiz sayohat yo`lini tanlang", - deya qo`shimcha qiladi Elchixona. 

Eslatib o`tamiz, sal avval Elchixona 2023 yil 20 noyabrdan boshlab AQSh-Meksika chegarasi orqali AQShga noqonuniy kirayotgan O`zbekiston fuqarolari AQShga qo`yib yuborilmaydi, buning o`rniga ular bilan bog`liq immigrasiya ishi hal qilingunga qadar hibsda saqlanadi, deya ogohlantirgan edi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar