AsosiyJamiyat

Toshkentda 8-sinf o`quvchisi vafot etdi. Uning o`limiga tok urgani sabab bo`lgani rad etilmoqda

'Toshkentda 8-sinf o`quvchisi vafot etdi. Uning o`limiga tok urgani sabab bo`lgani rad etilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida “Toshkent shahri Filologiya maktabida 8-sinf o`quvchisi ochiq qolgan elektr tokiga tegib ketish natijasida vafot etgani aytilmoqda” mazmunida video xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi quyidagilarni ma`lum qildi.

"27 noyabr  kuni taxminan  soat 18.15da Mirzo Ulug`bek tumanidagi 99-sonli umumta`lim maktabi  8-“I” sinf o`quvchisi A.A. maktab  hovlisidagi sport maydonidan chiqib ketayotganida  tobi qochgan va hushidan ketgan.   Shu vaqtni o`zida  maktab qorovuli tomonidan tez tibbiy yordamga qo`ng`iroq  qilingan. Tez yordam mashinasida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markaziga olib ketilgan. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi   shifokorlari tomonidan yordam ko`rsatilganligiga qaramay  A.A. o`ziga kelmagan va vafot etgan" deyiladi xabarda.

Ayni damda huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar