AsosiyDunyo
1279

Isroil va Hamas bir-birini sulhni buzishda aybladi

'Isroil va Hamas bir-birini sulhni buzishda aybladi'ning rasmi

Isroil mudofaa kuchlari G`azo sektori shimolida XAMAS jangarilari tomonidan otishma natijasida bir necha askar engil yaralanganini ma`lum qildi. Bu haqda ID bayonotida aytiladi.

Isroil armiyasining bildirishicha, 28 noyabr kuni tushdan keyin bir soat ichida G`azo sektori shimolidagi ikki xil joyda Isroil qo`shinlari yaqinida uchta portlovchi qurilma portlagan. Isroil armiyasi ma`lumotlariga ko`ra, voqealardan birida jangarilar harbiylarga qarata o`t ochgan, askarlar esa bunga javoban o`t ochishgan.

“Ikki holatda ham Isroil kuchlari kelishilgan sulh chegaralari doirasida edi”, deyiladi hisobotda.

O`z navbatida, Falastinning Hamas guruhi Isroilni G`azoda o`t ochishni to`xtatish kelishuvini “qo`pol ravishda buzayotganlikda” aybladi, deb yozadi The Guardian. HAMASning da`vo qilishicha, Isroilning harakatlari jangarilarning javob choralariga sabab bo`lgan. Guruh vakillari tafsilotlarni keltirmadi.

Hamas Isroil uni hurmat qilsa, "sulhga sodiq" ekanini qo`shimcha qildi.

Eslatib o`tamiz, G`azoda o`t ochishni to`xtatish 24 noyabr kuni ertalab ishlay boshladi – dastlabki kelishuvlarga ko`ra, bu to`rt kun davom etdi. Bu kelishuvga ko`ra, Xamas garovdagi 50 nafarni, Isroil esa qamoqdagi 150 nafar falastinlikni ozod qilishi kerak edi. 27 noyabr kuni tomonlar sulhni yana ikki kunga uzaytirishga kelishib olganliklarini ma`lum qildi. Bu vaqt ichida XAMAS garovdagilar orasidan yana 20 nafar ayol va bolani ozod qilishi kerak.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar