AsosiyDunyo
2270

Qozog`istonda ichida sakkiz kishi bo`lgan lift to`qqizinchi qavatdan tushib ketdi (video)

'Qozog`istonda ichida sakkiz kishi bo`lgan lift to`qqizinchi qavatdan tushib ketdi (video)'ning rasmi

Chimkentdagi ko`p qavatli uylardan birida odamlarni olib ketayotgan lift qulab tushdi, deb yozadi Arnapress.kz .

Qayd etilishicha, hozirda sabablar o`rganilmoqda. Ma`lum bo`lishicha, lift ichida sakkiz kishi bo`lgan. Qulash payti videokuzatuv kamerasiga  yozilib qolgan.

Kabina to`qqizinchi qavatdan erto`laga qulab tushgan. Odamlar eshikni o`zlari ochib, liftdan chiqishga harakat qilishgan.

Hodisa oqibatida bir kishi kasalxonaga yotqizilgan, qolganlari jabrlanmagan.

 Hodisa yuzasidan davlat idoralari vakillaridan iborat komissiya tergov olib bormoqda.

Ma`lumki, uy aholisi liftga xizmat ko`rsatuvchi kompaniya bilan shartnoma tuzgan. Va keyin ular liftning noto`g`ri ishlashi haqida bir necha bor shikoyat qilishgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar