1

Toshkentdagi reydda “Sayidaziz medgorodok” qo`lga olindi

Jinoyat 02.12.2023, 13:44
Toshkentdagi reydda “Sayidaziz medgorodok” qo`lga olindi

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) bilan bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda. Mazkur jinoyat ishi doirasida o`tkazilgan tergov-tezkor harakatlari doirasida bir qator jinoiy holatlar aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.

Jumladan,

Toshkent shahrida “Sayidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan 1987 yilda tug`ilgan Saidaliev Saidaziz Saidaglamovich sport bilan shug`ullangan jismonan baquvvat bo`lgan bir nechta shaxslarni o`z atrofiga jalb qilib bir nechta jinoyatlarni sodir etgan. Xususan, qarzdorlik va boshqa muammolari bo`lgan shaxslarni muammolarini qonunni chetlab o`tgan holda hal qilib berish evaziga moddiy jihatdan manfaatdor bo`lish, tahdidlar yo`li bilan pul mablag`larini noqonuniy qo`lga kiritish, bezorilik va tamagirlik holatlari shular jumlasidandir.

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi S.Saidaliev va boshqa bir nechta shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llangan. Tergov davom etmoqda.
 

“Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxsdan yoki guruh a`zolaridan jabr ko`rgan bo`lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-66, 71-206-49-46 yoki 102 raqamiga yoxud yaqin oradagi IIOga murojaat qilishingizni so`raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, - deyiladi xabarda. 
 

Eslatib o`tamiz, ayni paytda Toshkentda jinoiy guruhlarni qo`lga olish bo`yicha tezkor reyd o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1