AsosiyDunyo
1678

Putin ertaga Saudiya Arabistoniga boradi

'Putin ertaga Saudiya Arabistoniga boradi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 6 dekabr kuni BAA va Saudiya Arabistoniga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda Rossiya davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma`lum qildi, deya xabar bermoqda Interfax.

Peskovning ta`kidlashicha, bo`lajak muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilinadi, xalqaro kun tartibi, shuningdek, Falastin-Isroil mojarosi yuzasidan fikr almashiladi. 

Bundan tashqari, uning so`zlariga ko`ra, BAA va Saudiya Arabistoni vakillari bilan muloqotda neft bozoridagi kelishilgan harakatlarni muhokama qilish doimo kun tartibida.

“Ushbu munozaralar OPEK+ formati doirasida olib borilmoqda, lekin, albatta, bu sohadagi hamkorlik har doim kun tartibida”, — dedi Kreml vakili.

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar