AsosiyJamiyat
2877

Navoiyda “Mexrik” va urning 8 nafar jinoiy sheriklari qo`lga olindi

'Navoiyda “Mexrik” va urning 8 nafar jinoiy sheriklari qo`lga olindi'ning rasmi

Navoiy viloyatida “Dolzarb qirq kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati. 

Tadbir doirasida huquq tartibot organlari tomonidan “Mexrik” laqabi bilan tanilgan, 1991 yilda tug`ilgan, Allayorov Mexriddin Muzaffarovich, 1995 yilda tug`ilgan Turaev Umid Shuxratovich va ularning 8 nafar jinoiy sheriklari qo`lga olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan sodir etgan xatti-harakatlari uchun O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilgan hamda qamoqqa olinib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Navoiy viloyati IIB mazkur shaxslardan jabrlangan yoki ularning jinoiy xatti-harakatlari to`g`risida ma`lumotga ega bo`lgan fuqarolarni viloyat IIBning 79-229-50-22, 79-229-50-23 telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilishlarini so`raydi. Ma`lumot taqdim etgan insonlarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.


 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar