AsosiyJamiyat
2450

Navbat Jizzaxga: 12 nafar shaxs 15 sutkaga qamaldi

'Navbat Jizzaxga: 12 nafar shaxs 15 sutkaga qamaldi'ning rasmi

Jizzax viloyatida «Dolzarb - 40 kunlik» maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga azo bo`lgan, ijtimoiy muhitga salbiy ta`sirini o`tkazishga urinayotgan shaxslarni qo`lga olish va ularning jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida bir qator tezkor tadbirlar o`tkazilmoqda. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan, maxsus xizmat va huquq-tartibot idoralari tomonidan o`tkazilgan reydlar davomida ijtimoiy muhitga salbiy ta`sirini o`tkazishga urinayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, jinoyat ishi doirasida 3 nafar shaxslar qo`lga olinib, 12 nafar shaxslarga jinoyat ishlari bo`yicha Jizzax shahar sudi tomonidan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.  

Shuningdek, jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashiringan 17 nafar shaxslar ushlandi.  

Xuddi shunday viloyat hududida tezkor vaziyatga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi, jinoyat sodir etishga moyil 20 nafar shaxslarning yashash manzillarida maxsus profilaktik tadbirlar o`tkazildi. Natijada noqonuniy buyum va ashyolarni saqlab kelgan 10 nafar shaxslar aniqlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar