AsosiyJamiyat
2945

Qish iliq kelishi deganda nima tushiniladi? Mutaxassis javob berdi

'Qish iliq kelishi deganda nima tushiniladi? Mutaxassis javob berdi'ning rasmi

“O`zgidromet” noyabr oyi yakunida dekabr oyi sovuq bo`lmaydi, deya xabar bergandi. Qish iliq kelishi deganda qanday ob-havo sharoiti tushuniladi? “O`zgidromet” bo`lim boshlig`i Humoyun Mag`ripov ushbu savolga javob berdi.

Humoyun Mag`ripovning aytishicha, qish fasli iliq kelishini 90 kun bir xil harorat saqlanib qoladi deb tushunmaslik kerak.

Uzoq muddatli prognozlar birinchi navbatda maslahatomuz tarzda tayyorlanadi. Hozirda kunduzi harorat 20 darajagacha ko`tarilib, kechasi 0 yoki -1 darajaga tushmayotgan paytda ham baribir qishda -5 darajagacha sovuq holatlar bo`ladi. Shimoldan, shimoli–g`arb yoki shimoli–sharqdan sovuq oqimlar O`zbekistonga qisqa muddatga bo`lsa ham kirib keladi. Ya`ni qish fasli o`z nomi bilan qish fasli. Uni iliq keladi deyilishi insonlarni qishga tayyorgarlik ko`rmasligiga sababchi bo`masligi kerak,—deydi mutaxassis.

Uning qo`shimcha qilishicha, gidrometeorologik jarayonlarni kirib kelishidan 5 kun oldin 90 foizdan yuqori darajada prognoz qilish imkoni bor.

Oxirgi 20 yilda qaysi qish fasli iliq kelgan bo`lsa, aynan o`sha qish faslida ham qor yog`gan va harorat 0 darajadan pastga tushgan. Ya`ni baribir qishga taraddud ko`rilishi shart. Aytaylik, yoz faslida yuqori harorat 30 darajaga etmasa, insonlar sovqotmasligi mumkin, lekin o`sha yoz juda salqin keldi deb belgilanadi. Yozdagi salqin haroratni +25 daraja deb olsak, qishdagi iliq harorat unday o`lchanmaydi. Ya`ni +5 yoki + 10 darajani ham qish faslida iliq deya olishimiz mumkin,—deydi “O`zgidromet” vakili.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar