AsosiyJamiyat
2468

20 darajagacha sovuq va qor... Hafta davomida qaerda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi

'20 darajagacha sovuq va qor... Hafta davomida qaerda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

"O`zgidromet" joriy hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Ma`lum qilinishicha, bugun kunduzi sovuq va nam havo massasi asta-sekin respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Barcha joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Farg`ona vodiysi hududlarida esa yog`ingarchilik kechga yaqin boshlanadi.

Ertaga qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg`ona vodiysi viloyatlarida saqlanib turadi. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi.

11-12 dekabr kunlari respublikaning tog`li hududlarida ba`zi joylarda kuchli qor yog`adi.

Chorshanbadan jumagacha O`zbekistonning barcha hududlari bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda.

11-13 dekabr kunlari sovuqkuchayadi va havo harorati kechalari 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja sovuqqacha, shimolda kechalari 15-20 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 7-12 daraja sovuqqacha pasayadi. Respublika janubida kuchli sovuqlar kutilmaydi, kechalari harorat faqat 2-7 daraja sovuqqacha pasayadi.

11-13 dekabrda yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.

14-15 dekabrda O`zbekiston hududidan sovuq havo massasi chekina boshlaydi va sovuq kuchsizlashadi. Ish haftasining oxirida havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, shimolda kechachi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq atrofida bo`ladi.

Respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushadi. Ayrim joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtda: 11-12 dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir qorga aylanadi) bo`ladi, 13-15 dekabr kunlari yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. 11-12 dekabrda shamol tezligi vaqti-vaqti bilan 12-15 m/s gacha kuchayadi. 12-15 dekabrda yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi.

Harorat 11 dekabrda 3-5 daraja iliq, 12 dekabrda kechasi va kunduzi 5-7 daraja sovuq, 13 dekabrda kechasi 11-13 darajao sovuq, kunduzi 5-7 daraja sovuq bo`ladi. 14-15 dekabrda harorat kechasi 2-5 daraja sovuqqacha, kunduzi 2-5 daraja iliqqacha asta-sekin ko`tariladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar