AsosiyDunyo
2251

Bayden Zelenskiyni AQShga taklif qildi

'Bayden Zelenskiyni AQShga taklif qildi'ning rasmi

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiyni 12 dekabr kuni uchrashishga Oq uyga taklif qildi. Bu haqida Zamon.uz xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, ushbu muloqot Ukraina xalqining AQSh tomonidan qo`llab-quvvatlanishini ifodalaydi.

Vladimir Zelenskiy Argentinada bo`lib, prezident Xaver Mileyning inaugurasiyasida ishtirok etdi. Qo`shma Shtatlarda Zelenskiy boshqa masalalar qatorida Ukraina va AQSh o`rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlikni davom ettirish, xususan, qurol-yarog` va havo hujumidan mudofaa tizimlarini ishlab chiqarish bo`yicha qo`shma loyihalarni muhokama qiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar