Samarqandda bo`lib o`tadigan Rapid va Blits bo`yicha jahon chempionati davom etmoqda.
29 dekabr kuni blits yo`nalishi bo`yicha bahslar bo`lib o`tdi. Biroq 12-tur natijalari e`lon qilinmadi va 13-turga qur`a tashlanmadi.
Bunga sabab qilib, Yan Nepomnyashiy va Daniil Dubov o`rtasidagi 12-tur o`yini ko`rsatilmoqda. Xabarga ko`ra, ushbu bahsli o`yin yuzasidan hozirda appelyasiyalar jangi davom etmoqda.
Gap shundaki, ushbu bahsdagi durang natija kelishilgan deya gumon qilingan. Ikkala shaxmatchining durang natija uchun olgan yarim ochkosi olib tashlanish ehtimoli bor.
“12-turdagi yuqoridagi bahsli vaziyat hal etilmaguncha 13-turga qura tashlanmaydi va 12-tur natijalari to`liq e`lon qilinmaydi”, deyiladi xabarda.