AsosiyJinoyat

Andijonda 900 mln so`m zarar keltirgan “Mayning-ferma” faoliyatiga chek qo`yildi

'Andijonda 900 mln so`m zarar keltirgan “Mayning-ferma” faoliyatiga chek qo`yildi'ning rasmi

Andijon shahrida yashovchi 29 yoshli Q.B. noqonuniy yo`llar bilan boylik orttirish maqsadida “Mayning” fermasini tashkil qilgan.

Ushbu “mayning-ferma” shahar elektr tarmoqlari bilan shartnoma tuzmasdan, 21 dona faol mayning qurilmalarini o`rnatib, elektr tarmog`idan noqonuniy foydalanishi natijasida 900 mln so`m miqdorda moddiy zarar etkazganligi ma`lum bo`ldi.
Mazkur holat yuzasidan Q.B.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 185-2-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi 4-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar