AsosiyDunyo

Eronda xotira marosimida yuz bergan portlash 100 dan ortiq odam halok bo`ldi (video)

'Eronda xotira marosimida yuz bergan portlash 100 dan ortiq odam halok bo`ldi (video)'ning rasmi

Eron janubi-sharqidagi Kirmon shahrida Islom inqilobi qo`riqchilari korpusi generali Qosim Sulaymoniy xotirasiga dafn etish marosimi ketayotgan qabriston yonida ikkita portlash sodir bo`ldi. Ayni vaqtda 103 kishi halok bo`lgani va 211 kishi yaralangani ma`lum, deb xabar beradi Tasnim. Ma`lumotlarga ko`ra, ko`plab qurbonlarning ahvoli og`ir.

Birinchi portlash mahalliy vaqt bilan soat 15:00da general qabridan 700 m uzoqlikda, ikkinchi portlash esa 20 daqiqadan so`ng, olomon to`plangan qabristonga kiraverishda sodir bo`lgan. Agentlik manbalariga ko`ra, kortej yo`nalishi bo`ylab portlovchi moddalar solingan ikkita sumka portlagan. Qurilmalar masofadan boshqarish pultlari yordamida faollashtirilgan.

Rasmiylar voqeani terakt deb atadi. Eron ichki ishlar vaziri Ahmad Vahdiyning aytishicha, jinoyatni sodir etgan odamlarga qat`iy javob beriladi. 4 yanvar mamlakatda milliy motam kuni deb e`lon qilindi.

Eronning eng nufuzli generallaridan biri Qosim Sulaymoniy 2020 yil 3 yanvar kuni Iroq poytaxti Bag`dodda Amerika samolyotlarining raketa zarbasi natijasida halok bo`lgan. U hayoti davomida Erondan tashqarida operasiyalarni amalga oshiruvchi maxsus bo`linmaga qo`mondonlik qilgan.

 

    Boshqa yangiliklar