AsosiySport
2629

Ilk bor 5 nafar para taekvondochimiz reyting orqali Parij-2024 yozgi Paralimpiya o`yinlariga lisenziyani qo`lga kiritdi

'Ilk bor 5 nafar para taekvondochimiz reyting orqali Parij-2024 yozgi Paralimpiya o`yinlariga lisenziyani qo`lga kiritdi'ning rasmi

Butunjahon taekvondo federasiyasi Parij-2024 yozgi Paralimpiya o`yinlariga lisenziya beruvchi reytingni e`lon qildi.

Yakuniy reyting natijalariga ko`ra ilk bor 5 nafar para taekvondochimiz reyting orqali Paralimpiya o`yinlariga yo`llanmani qo`lga kiritdi:

Ayollar

Ziyoda Isoqova (-47 kg)

Guljanoy Naimova (+65 kg)

Erkaklar

Zuxriddin Tohirov (-63 kg)

Javohir Aliqulov (-70 kg)

Asad Toshtemirov (-80 kg)

Qayd etish lozimki, O`zbekiston delegasiyasi Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o`yinlarining para taekvondo dasturida 3 nafar sportchi bilan ishtirok etgan edi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar