2024 yil 4 yanvar kuni Toshkent shahar hokimligining “Maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi” DUK tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to`lov tariflari miqdori tasdiqlandi.
Unga ko`ra, Toshkentda qattiq maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to`lov tariflari miqdori quyidagicha:
- Aholi uchun bir kishi bir oyda QQSsiz – 7500 so`m;
- Byudjet, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga (1 m kub uchun) – 89 977,57 so`m (QQSsiz);
- Suyuq va qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish bo`yicha ko`rsatiladigan xizmatlar uchun byudjet, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga (1 tn uchun) – 188 808,96 so`m (QQSsiz);
- Qattiq maishiy chiqindilarni «Ohangaron» chiqindi tashlash maydonigacha ND-310 maxsus avtomashinalarida (sentrovoz) olib chiqish bo`yicha ko`rsatiladigan xizmatlar (ChQYu va UK filiali) 1 tn uchun – 78 507,57 so`m (QQSsiz);
- Korxona va tashkilot qattiq maishiy chiqindilarini (Yashnobod, Yakkasaroy va Yunusobod, ChQYu) punktlariga maishiy chiqindilarini qabul qilish, utilizasiya qilish (zichlash) va Ohangaron poligoniga tashish bo`yicha ko`rsatiladigan xizmatlar (ChQYu va UK filiali) 1 tn uchun – 116 461,34 so`m (QQSsiz);
- Korxona va tashkilot qattiq maishiy chiqindilarini Ohangaron poligoniga qabul qilish va utilizasiyasi qilish bo`yicha ko`rsatiladigan xizmatlar (ChQYu va UK filiali) 1 tn uchun – 59 399,61 so`m (QQSsiz);
- Korxona va tashkilotlardan Ohangaron poligoniga chiqindi qabul qilish va ko`mish bo`yicha ko`rsatiladigan xizmatlar (ChQYu va UQ filiali) 1 tn uchun – 861 112,01 so`m (QQSsiz).