AsosiyDunyo

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 100 kishiga etdi

'Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 100 kishiga etdi'ning rasmi

Yaponiyada hafta boshida sodir bo`lgan zilzila oqibatida halok bo`lganlar soni shanba kuni ertalabki holatiga ko`ra 100 kishiga etdi, 200 dan ortig`i hanuz bedarak yo`qolgan, deb xabar bermoqda "Kiodo" agentligi.

Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, eng ko`p jabrlangan hududlardan biri bo`lgan Vajime ma`murlari odamlar vayron bo`lgan binolar ostida qolib ketgan 100 ga yaqin joy borligiga ishonishadi.

Er silkinishidan jabr ko`rgan Ishikava prefekturasida qutqaruvchilarning ishi og`ir – ko`plab yo`llar vayron bo`lgan. Ishikavadagi evakuasiya markazlarida 32 mingga yaqin mahalliy aholi istiqomat qiladi, 66 mingdan ortiq uyga suv ta`minoti hali tiklanmagan.

Yaponiyalik seysmologlar yaqin kunlarda mamlakat qirg`oqlari yaqinida yangi kuchli zilzilalar sodir bo`lishi mumkinligi haqida bir necha bor ogohlantirgan.

Shunday qilib, "Kiodo" ma`lumotlariga ko`ra, Noto mintaqasida silkinishlar davom etmoqda, shanba kuni ertalab 5,3 magnitudali zilzila qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar