Janubiy Koreya polisiyasi Seuldagi Prezident ma`muriyati majmuasiga ruxsatsiz kirishga uringan 20 nafar talabani hibsga oldi. Bu haqda “The Korea Times” xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, qo`lga olinganlar Koreya universitetlari progressiv ittifoqi a`zolari bo`lgan. Ular Yonsan hududidagi Prezident majmuasiga darvoza va panjara orqali oshib kirishga harakat qilgan. Bungacha ular qimmatli qog`ozlarni manipulyasiya qilishda gumon qilinayotgan birinchi xonim Kim Kon Xiga qarshi norozilik aksiyasi o`tkazib, ma`muriyatdagi mas`ul shaxslar bilan uchrashishni talab qilgan.