1

Qashqadaryoda iste`molga yaroqsiz yog` ishlab chiqarilayotgani aniqlandi

Jinoyat 17.02.2024, 20:31
Qashqadaryoda iste`molga yaroqsiz yog` ishlab chiqarilayotgani aniqlandi

Qashqadaryoda iste`molga yaroqsiz yog` ishlab chiqarayotgan xonadonlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shahrisabz shahrida fuqarolar Z.N., S.I. va boshqalar o`z uylarining yordamchi xo`jaligida tashkil etgan yashirin sexlarda iste`molga yaroqsiz yog` mahsulotlari ishlab chiqarayotganliklari aniqlangan. Ushbu xonadonlardan jami 274 litr qo`lbola yog`, 421 kg chigit, 5 dona elektr dvigatel, juvoz uskunalari va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1