Evropa Ittifoqi davlatlari Kievga iqtisodiy va harbiy yordam berishda davom etishi kerak, aks holda Ukrainaning mavjudligi xavf ostida qoladi. Bu haqda Finlyandiyaning yangi saylangan prezidenti Aleksandr Stubb ma`lum qildi.
"Agar G`arb Ukrainani qo`llab-quvvatlamasa, u mavjud bo`lmasdi", dedi siyosatchi Myunxen Xavfsizlik konferensiyasida.
Uning so`zlariga ko`ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin “faqat kuchni tushunadi”. "Agar siz ozgina zaiflik belgisini ko`rsatsangiz, u hujum qiladi", dedi Stubb.
Uning qo`shimcha qilishicha, Putin “Ukrainadagi urush va Aleksey Navalniyning o`limi” uchun javobgarlikka tortilishi kerak.
11 fevral kuni bo`lib o`tgan Finlyandiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida Aleksandr Stubb g`alaba qozondi. U 1 martdan boshlab davlat rahbari lavozimiga kirishadi.
19.02.2024 19:35