AsosiyJamiyat
1714

"Xayraton – Mozori Sharif" temir yo`lini qayta tiklash ishlari boshlandi

'"Xayraton – Mozori Sharif" temir yo`lini qayta tiklash ishlari boshlandi'ning rasmi

"Xayraton – Mozori Sharif" temir yo`l liniyasini qayta tiklash va ta`mirlash ishlariga bag`ishlangan tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Joriy yilning 21 fevral kuni "Xayraton stansiyasida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ hamda Afg`oniston temir yo`l boshqarmasi vakillari ishtirokida "Xayraton – Mozori Sharif" temir yo`l liniyasini qayta tiklash va ta`mirlash ishlariga bag`ishlangan ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Tomonlarning kelishuviga asosan, tiklash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo`lib, "O`zbekiston temir yo`llari" AJ tomonidan birinchi bosqich uchun 120 nafar ishchi xodim safarbar qilindi.
Birinchi bosqichda yuk vagonlarini qisqa muddatda “Naibobod” stansiyasiga etkazib berish ko`zda tutilgan.

Ushbu maqsadda “Xayraton” stansiyasining “B” parkida hamda temir yo`l infrastrukturasining 57 km bo`lgan hududlarida to`liq tiklash ishlari parallel ravishda tashkil etiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar