Ijtimoiy tarmoqlarda Savdo-sanoat palatasi xodimlariga ikki oydan buyon maosh berilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Palata axborot xizmatining ma`lum qilishicha, palata va uning hududiy bo`linmalariga Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi hamda hududiy kengashlar huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondlari hisobidan davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etilishi belgilangan.
Fond ajratgan mablag` 2024 yil uchun hali hisobga tushmagani sababli maoshlar ham kechiktirilgan. Kuni kecha 2024 yil NNTlar bo`yicha ajratiladigan pul mablag`lari ma`qullandi. Oliy Majlis jamoat fondiga kelib tushgan va hozirda hududiy bo`linmalar bilan tegishli shartnomalar tuzish jarayoni boshlangan.
Qayd etilishicha, tartib doirasida 1-2 kun davomida barcha xodimlarga oylik ish haqi chiqarib beriladi. Yil davomida oyliklar o`z vaqtida to`lanishi ta`minlanadi.