O`zbekiston Respublikasi “Raqobat to`g`risida”gi qonuni talablariga rioya etilishi yuzasidan 2023 yil davomida iqtisodiy tarmoq sohalarida o`rganishlar o`tkazilgan, ushbu tahliliy o`rganishlar davomida 340 dan ziyod qonun buzilish holatlari aniqlangan. Bu haqida Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi Darakchi.uz`ga xabar berdi
Qonun buzilish holatlari hududlar kesimida qaralganda eng ko`p qonunbuzilish holatlari Namangan viloyati (98 ta), Qoraqalpog`iston Respublikasi (64 ta) va Xorazm viloyatida (52 ta) aniqlangan.
Ushbu holatlar yuzasidan 14 ming nafardan ortiq fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Jizzax viloyatida 7 mingdan ortiq, Farg`ona viloyatida esa 4 mingdan ortiq holatlarda asossiz undirilgan ortiqcha mablag`lar iste`molchilarga qaytarilgan.
Yuqoridagi holatlar bo`yicha jami 55 mlrd so`mdan ortiq asossiz undirilgan daromad aniqlangan.
Misol uchun, Surxondaryo 11,8 mlrd so`m, Navoiy 10,3 mlrd so`m va Samarqand 8,3 mlrd so`m assosiz hisoblangan pul mablag`lari aniqlangan.
Shundan, 25 mlrd so`mdan ortiq pul mablag`lari fuqarolar foydasiga qaytarilishi ta`minlandi.
Qolgan aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo`yicha mablag`larni iste`molchilarga qaytarish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.