Eyfel minorasi 25 fevral kuni tashrif buyuruvchilar uchun qayta ochiladi. U boshqaruv tashkiloti xodimlarining ish tashlashi tufayli yopilgandi.
“Eyfel minorasi rahbariyati va kasaba uyushma tashkilotlari ish tashlashni to`xtatish bo`yicha kelishuvga erishdi”, — deyiladi rasmiy bayonotda.
Tomonlar ta`mirlash ishlariga investisiya miqdorini muvofiqlashtirishga kelishib olgan.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Eyfel minorasi shahar hokimiyati tomonidan ajratilayotgan mablag` miqdoridan norozi bo`lgan sayt xodimlarining ish tashlashi tufayli olti kunga yopilgandi.