AsosiyJamiyat

2040 yilga borib O`zbekiston aholisi suvsizlikdan jiddiy aziyat cheka boshlaydi

2025 yilga kelib dunyo aholisining yarmi suv tanqisligiga uchragan hududlarda yashashi kut...

2025 yilga kelib dunyo aholisining yarmi suv tanqisligiga uchragan hududlarda yashashi kutilmoqda. Bu haqda Dunyo resurslari instituti tadqiqotida ma`lum qilindi.

2030 yilda kuchli suv tanqisligi tufayli 700 millionga yaqin odam iqlim muhojirlariga aylanadi.  

2040 yilga borib O`rta Osiyo, jumladan, O`zbekistonda 80 foizdan ortiq aholi suv tanqisligidan to`g`ridan-to`g`ri aziyat cheka boshlaydi. Bu dunyo bo`yicha eng yuqori xavfli hududdir.

Kelajakda, hatto, etarli suv resurslariga ega mamlakatlarda ham suv tanqisligi sezila boshlaydi. Bu bir qator omillar - infratuzilma va suv taqsimlashdagi xatoliklar, ifloslanish, mojarolar yoki suv resurslarini noto`g`ri boshqarish bilan bog`liq. Iqlim o`zgarishi esa suv tanqisligi muammosini tezlashtirib yuboradi.

Yuqoridagi kartada qizil rangdagi hududlar bilan 2040 yilga borib 80 foiz aholisi suv tanqisligidan aziyat chekadigan davlatlar tasvirlangan (O`zbekiston shu xavfli hududlar ro`yxatida).

    Boshqa yangiliklar